Sipuni

Sipuni ni kompleks joriy qilish

Biznes uchun korporativ telefoniya
Qo'ng'iroq markazlari va mijozlarni qo'llab-quvvatlash bo'limlarining samarali ishlashi uchun ilg'or bulutli yechim
Bepul konsultatsiyaga yozilish
Telefoniya xizmati biznesingizda qo'ng'iroqlar sifati va nazoratini qanday yaxshilashi haqida
Kimga mos keladi?
Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar nazoratini o'z qo'lingizga olmoqchilar uchun
Siz o'z mijozlar bazangizni yaratish hamda keyinchalik bu baza orqali sotuvlaringizni oshirmoqchimisiz
Sizda turli reklama kanallaridan kelgan so'rovlarning katta oqimi bor
Mijozlar vaqti-vaqti bilan yo'qoladi yoki mijoz bilan o'zaro kelishuvlarni tarixini kuzatish deyarli imkonsin
Kompaniya xodimlarini mijozlar bilan qanday muomila qilayotganini bilmoqchi bo'lganlar uchun
Siz sotuv va xizmat ko'rsatish jarayonidagi barcha muloqotlarni eshitirib turish orqali xodimlaringiz mijozlar bilan qanday gaplashayotganini tahlil qilmoqchimisiz
IP-telefoniya tizimi nima?
IP-telefoniya (Internet Protocol telephony) — bu ovozli muloqot va boshqa aloqa xizmatlarini Internet yoki mahalliy tarmoq orqali uzatish texnologiyasi. U anʼanaviy telefon tarmoqlariga qaraganda raqamli texnologiyaga asoslanib ishlaydi va ko‘pincha VoIP (Voice over IP) deb ataladi.
IP-telefoniya afzalliklari nima?
IP-telefoniya afzalliklari:
  1. Tejamkorlik - Anʼanaviy telefon tizimlariga qaraganda arzonroq
  2. Moslashuvchanlik va portativlik- Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lsa, istalgan joydan foydalanish mumkin.
  3. Ko‘p funksionallik
  • Avtomatik qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish (Call Routing).
  • IVR (Interaktiv ovozli menyular).
  • Qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va tahlil qilish.
Nega aynan SIPUNI?
  1. Qulay va funksional yechim
  • Interaktiv ovozli menyu (IVR): Mijozlarni avtomatik ravishda kerakli bo‘limga yo‘naltirish imkoniyatini beradi. IVR ni oson sozlash orqali qo‘ng‘iroqlarni optimallashtirish mumkin.
  • Qo‘ng‘iroqlarni boshqarish: Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish, kutish rejimi, va ovozli xabarlar kabi funksiyalar yordamida mijozlar bilan muloqotni yuqori darajada olib borish mumkin.
  • Yozuvlar saqlash: Qo‘ng‘iroqlarni yozib olish imkoniyati xodimlar faoliyatini kuzatish va xizmat sifatini oshirishga yordam beradi.
2. Biznes jarayonlariga integratsiya
  • SIPUNI mashhur CRM tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyatini beradi (masalan, Bitrix24, AmoCRM va boshqalar). Bu orqali mijozlar haqida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lib, ularning ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish mumkin.
  • API imkoniyatlari: Agar maxsus tizim bilan ishlash talab qilinsa, SIPUNI ni API orqali integratsiya qilish mumkin.
3. Tejamkorlik va moslashuvchanlik
  • Arzonlik: SIPUNI xizmatlari anʼanaviy telefon tizimlariga nisbatan ancha tejamkor, ayniqsa xalqaro qo‘ng‘iroqlarda katta xarajatni kamaytiradi.
  • Moslashuvchanlik: Kichik biznesdan tortib yirik korxonagacha, har xil ehtiyojlarga mos xizmatlarni taklif qiladi.
  • Bulutli xizmat: Maxsus apparat yoki qimmat infratuzilma talab qilmaydi. Internet mavjud bo‘lsa, har qanday qurilmadan foydalanish mumkin.
Bonus: Qulay interfeys va qo‘llab-quvvatlash
SIPUNI foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli boshqaruv paneliga ega. Shuningdek, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati har doim yordamga tayyor.
  • SIPUNI mijozlarga tezkor va sifatli aloqa yechimlarini taqdim etib, biznes jarayonlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Tez-tez beriladigan savollarga javoblar
Bepul konsultatsiya
Arizani to'ldiring yoki bepul maslahat olish uchun bizga qo'ng'iroq qiling: biz sizning biznes jarayonlaringizni muhokama qilamiz va kompaniyangiz uchun eng yaxshi yechimlarni taklif qilamiz.
Made on
Tilda